Qabulxona va navbat
Bemorni bir daqiqada roʻyxatga oling, shifokor jadvaliga yozing va navbatni doskada kuzating.
- Sudrab oʻtkaziladigan qabul doskasi
- Shifokor jadvali boʻyicha bron
- Ovozli navbat ekrani
WeMedKlinikalar uchun boshqaruv tizimi
Qabul va navbat, shifokor kabineti, laboratoriya, kassa, ombor, xodimlar va lidlar — hammasi bir joyda. Bemor natijasini Telegramʼda oladi, siz esa har bir toʻlovni koʻrib turasiz.
01Imkoniyatlar
Qabulxonadan omborgacha — har bir xodim oʻz ishini koʻradi, rahbar esa butun klinikani.
Bemorni bir daqiqada roʻyxatga oling, shifokor jadvaliga yozing va navbatni doskada kuzating.
Koʻrik, tashxis va retsept bitta kartada — shablonlar bilan tezroq.
Buyurtmadan natijagacha: probirka yorligʻi, analizatordan natija, bemorga Telegramʼda.
Har bir soʻm hisobda: toʻlov, chegirma, qaytarish va qarz.
Xizmat bajarilganda sarflangan dori va materiallar oʻzi hisobdan chiqadi.
Palata va koykalar, yotgan kunlar hisobi va chiqish koʻchirmasi.
Instagram, Telegram va saytdan kelgan murojaatlar bitta voronkada — birortasi ham yoʻqolmaydi.
Davomat, KPI, tabel va ichki aloqa — alohida dasturlarsiz.
Tushum, shifokorlar, xizmatlar va murojaat manbalari boʻyicha hisobotlar.
Xulosa, koʻchirma, yoʻllanma va ambulator karta — klinikangiz dizaynida.
02Bemor yoʻli
Murojaatdan natijagacha har bir qadam yozib boriladi: kim, qachon, nima qildi.
Instagram yoki saytdan kelgan lid CRMʼga tushadi
Administrator shifokor jadvalidan vaqt beradi, bemorga eslatma boradi
Bemor kelganda bir bosishda navbatga turadi
Shifokor tashxis, retsept va tahlillarni yozadi
Laboratoriya natijani kiritadi yoki analizatordan oladi
Kassir chek chiqaradi, qarz boʻlsa hisobda qoladi
Bemor xulosa va tahlillarni Telegramʼda oladi
03Telegram ilovalari
Hech narsa oʻrnatish shart emas: ikkala ilova ham klinikangizning Telegram botida ochiladi.
04Modullar
Asosiy tizim har bir klinikada bor. Qolganini ehtiyojingizga qarab qoʻshasiz — xohlagan paytda.
Har bir klinikaga
Kerakli modullarni belgilang — narxni shu toʻplam uchun hisoblaymiz.
05Moslashuvchanlik
Hech narsa qotib qolmagan: roʻyxatlar, matnlar va koʻrinish — har bir klinikaning oʻziniki.
Tizim sizning nomingiz bilan ochiladi: oʻz manzilingiz, logotip va rekvizitlar.
Olti xil dizayn va oʻz rangingiz: chek, xulosa, tahlil natijasi, ambulator karta.
Xizmatlar, narxlar, shablonlar, SMS va Telegram xabarlari — hammasini oʻzingiz oʻzgartirasiz.
Har bir xodim faqat oʻz ishini koʻradi: administrator, shifokor, kassir, laborant.
06Qanday boshlaymiz
Klinikangizda yoki onlayn tizimni koʻrsatamiz va ehtiyojlaringizni yozib olamiz.
Xizmatlar, narxlar, xodimlar va hujjatlarni sizning tartibingizga moslaymiz.
Har bir xodimga oʻz ishini koʻrsatamiz; tizim ichida yoʻriqnoma ham bor.
Birinchi kundan yoningizdamiz, yangilanishlar muntazam chiqadi.
07Narxlar
Xodimlar soni, filiallar va ulanadigan modullarga qarab aniq taklif beramiz.
Ariza qoldiring — menejerimiz bogʻlanib, klinikangiz uchun hisob-kitobni yuboradi.
Narxni soʻrangNarxga kiradi
08Savollar
Yoʻq. WeMed brauzerda ishlaydi — kompyuter, planshet yoki telefonda. Faqat internet kerak.
Har bir klinikaning bazasi alohida va muntazam zaxira nusxalanadi. Har bir xodim faqat oʻz roli ruxsat bergan maʼlumotni koʻradi.
Ha. amoCRMʼdan lidlarni oʻzimiz koʻchiramiz, Excel roʻyxatlarini koʻchirishga ham yordam beramiz.
Ha. Analizatorlar ASTM, HL7 yoki CSV orqali ulanadi, natijalar bemor kartasiga oʻzi tushadi. Ulash qoʻllanmasi tizimning ichida.
Ha. Filiallar bitta tizimda yuritiladi, hisobotlarni filial boʻyicha koʻrasiz.
58 va 80 mm chek printerlari, A4 va A5 oddiy printerlar, probirka yorligʻi uchun yorliq printeri.
Ekranlar oddiy va har bir sahifada yoʻriqnoma bor. Ishga tushirishda xodimlaringizni oʻzimiz oʻrgatamiz.
09Demo
Ariza qoldiring — qulay vaqtda bogʻlanib, klinikangiz misolida koʻrsatib beramiz.
Tez orada siz bilan bogʻlanamiz.